Biz haqimizda

Biz haqimizda

Siz www.salamhotel.uz saytidan foydalangan holda, mehmonxona, dacha yoki xonadonlardagi joylarga buyurtma berishingiz mumkin. O’zbekistonning diqqatga sazovor joylarida joylashgan mehmonxonalarni uydan chiqmay turib, shunchaki internet orqali band qiling. Biz siz uchun mehmonxona, mehmon uyi va yotoqxonalarni arzon narxlarda tanlash imkoniyatini beramiz.

Shuningdek, yaqindan boshlab sayohatchilar ortasida Toshkentdagi dachalarda dam olish urfga aylandi. Dachalarni O’zbekistonning mashhur dam olish joylarida, masalan, Chimyon yoki Xamson Buloqda ijaraga olishingiz mumkin. Mehmonxona haqidagi ma’lumot, to’lov shakli, qulayliklar va boshqa ko’plab qiziqarli ma’lumotlar haqida qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. Siz, yashash sharoitlari haqida foto va videolarni ko’rib tanishib chiqishingiz, manzil joylashuvi va  sizning mehmonxona, dacha yoki hostelingizgacha olib boruvchi mavjud marshrut vositalari haqida bilib olishingiz mumkin.

Salam Hotel mijozlarimiz uchun xona banlash (bron qilish) qulayliklarini yaratish uchun yangi g’oyalarni taklif etgan holda ushbu veb-sahifani doimiy ravishda yaxshilab va yangilab boradi. Bu mijozlarimizning qayerda va qachon bron sorovnomasini amalga oshirishidan qat’iy nazar, mehmonxona xonalarini osongina band qilish imkonini beradi.

SalamHotel har qanday mablag’ bilan dam olishga yoki ish bo’yicha safarga otlangan barcha sayohatchilarga O’zbekistonda osongina yotar joy topish, band qilish va  o’zlari uchun eng qulay bo’lgan mehmonxonani kashf etishga yordam beradi.

SalamHotel.uz – eng qulay narxlarni taklif qiluvchi informatsion veb-sahifa. Biz sayohatchilarni O’zbekistonning har qaysi nuqtasidagi mehmonxonalar va Toshkentdagi dachalardan joy topishda qulay, tejamkor va samarali qidiruv usuli bilan tam’inlashga harakat qilamiz.

Bizning maqsadimiz – barcha mahalliy va chet ellik sayohatchilarni O’zbekiston bo’ylab safari davomida ajoyib taassurotlarga boyitishdir. Shu bilan birga bizning missiyamiz mavjud mehmon uylari, dacha va mehmonxona xonalarini band qilishda xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, sayohatchilarga mehmonxona narxlarni solishtirish borasida vaqtlarini tejash uchun barcha mavjud mehmonxona narxlari haqida ma’lumotlar ham beramiz.