Chorvoqdagi Piramida mehmonxonasi

Chorvoqdagi Piramida mehmonxonasi

Chorvoq Piramida mehmonxonasi – Chorvoq dam olish hududida joylashgan juda ixcham mehmonxona. Toshkent shahridan 80 km uzoqlikda joylashgan.

 

 

Bu yerda tabiat mo’jizasi ila qurilgan g’ayrioddiy go’zallikni guvohi bo’lasiz, tog’ning toza havosi sizni maftunkor tabiat qo’ynida abadiy qolishga undaydi. Ana shunday joyda dam olish va shifo topish uchun ko’rkam bir inshoot qad rostlagan.

 

 

Mehmonxona asosiy binolari 3 korpusdan iborat bo’lib, ular birgalikda piramida (uchburchak) shaklini eslatadi. Ularda jami 208ta xona mavjud. Shuningdek, mehmonxonada restoran, bar, diskoteka, biznes markaz, konferensiya zali, internet aloqasi, sauna, trenajer xonalari va tibbiy markaz xizmat ko’rsatadi.

 

 

Suv ombor yonidagi umumiy uzunligi 800 metrni tashkil etuvchi qumli plyaj kiyinish xonalari, dushlar, hojatxona, soyabonlar, ichimlik suvi bilan ta’minlangan.  Plyajdagi ijara qismida siz plyaj soyabonlari, qutqaruv vositalari, sport anjomlari va dam olish kerak bo’lgan barcha narsalarni topishingiz mumkin.  Sohilga yaqin mahsus zonada siz katamaran, qayiq va suv motosikllarini ijaraga olishingiz mumkin.